Регистрация
Меню сайта
Клипы



SEERO7 FT. MUROLIM - KELAMAN KO'CHANGGA KO'RGANI (VIDEO KLIP)



JONY - Комета



Gulsanam Mamazoitova – Dilozor



Элвин Грей & Эльбрус Джанмирзоев – Пошёл налево



Janob Rasul – Super



Johnny 500 ft. Jhorrmountain – Skurbah
Сериалы



Игра престолов / 2019г, / 8 сезон 2 серия из 6 (HD)
Категории раздела
Лента новости



SARVQOMAT D...



Форсаж: Хоб...



Родители лё...



Госнелл: Су...



Проклятие п...



Город золот...
Наш опрос

Сколько вам лет ?




Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов


Всего голосовало: 2

Обсудить опрос на форуме
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 19 » MUZDEKKINA SHAFTOLI
20:22
MUZDEKKINA SHAFTOLI


Bugun kun juda qizdirdi. Aksiga olib ho'jayin ikki joyga ish bilan yubordi. Avval bankka to'lov qog'ozlarini olib bordim. Keyin bir idora boshlig'iga hat. Ro'za tutgan odamni issiqda sarson qilgani uchun xojayindan xafa bo'ldim biroz. Norozi bo'lsam ham ishim shu ekan deb majbur bo'lib aytilgan joyiga bordim. Konvertni qabul qilgan kotiba esa kayfiyatimni yanayam tushirib yubordi. Uni ochib "Hmm, taklifnomami?. Boshlig'imiz komandirovkada. Qatnasholmaydilar. Uzrimizni aytib qo'yarsiz" dedi. Shuncha joyga bekorga ovvora bo'lganim alam qildi. Qaytishda avtobus kutib qolib ketdim oftobda. Avtobus ham odamlarga to'la edi. Ichi juda dim, derazasidan ham issiq havo urardi. Terlab suv bo'ldim yaxshigina. Og'zim esa qurib qoldi. Qani edi tezroq salqin xonamga etib olsam degan o’y bilan ketardim. Ishxonaga kirib kelganimda tushlik vaqti tugay deb qolgandi. Honadoshlarim choy ichayotgan ekanlar. Salom berib joyimga borib o'tirdim. "Asqarjon muzdekkina shaftoli bor yemaysizmi?" deb taklif qildi bosh hisobchimiz. Rahmat deb rad etdim, ro'zadorman deya olmadim. Odamlar bilsin deb tutmaymanku axir. Lekin stol ustidagi shaftolilarga ko'zim tushgandi. Katta-katta. Men sevadigan navidan. O'zi shirin, muzdek bo'lsa yanayam shirin bo'ladi. Ham chanqoqbosar. Hayollarimdan chalg’ib ichimda Allohdan sabr so'radim. Dasturxondagi shaftolilar esa tez tugadi... Kechki payt ish yana qaynab, xo'jayin bir-ikki soat ushlanib qolishimni so'radi. Juda charchagan bo'lsam ham rozi bo'ldim. Bir narsa qiynar edi faqat. Chanqoq... Mana iftorlik vaqti ham yaqinlashdi. Bir piyola suv olib ichish uchun duo qilayotgandim xo'jayin kirib qoldi. Meni o’tirishimni ko'rib, jiddiy oxangda "Xonamga kiring, ish bor" deya chiqib ketdi. Xafa bo'ldim biroz. Shuncha sarson bo'lganim, ishdan keyin qolganim yetmagandek... Uning huzuriga kirganimda esa meni kulib kutib oldi. - Asqarjon keling, birga iftorlik qilamiz. Muzdekkina shaftolilar bor.. Stol ustida ikkita patir, yonidagi laganchada esa o'ntacha katta-katta shaftoli turardi... Subhanolloh deb yubordim
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 804 | Добавил: inom | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Популярные теги

Теги