Регистрация
Меню сайта
Клипы
Сериалы
Категории раздела
| Узбек фильмы / O'zbek Kino |
| Индийские фильмы / Hindcha |
| HD 3D 2012 |
| Боевик / Jangari |
| Мультфильмы / Multfilmlar |
| Криминал |
| Триллер |
| Военные/Harbiy |
| Сериалы / Seriallar |
| Мелодрама |
| Семейный |
| Документальные / Hujjatli |
| Приключения/Sarjuzashtli |
| Комедия / Kulgili |
| Драма / Drama |
| Ужасы / Qo'rqinchli |
| Фантастика / Mo'jizali |
| Клипы / Kliplar |
| Программы / Dasturlar |
| Новости / Yangiliklar |
| Концерты / Konsertlar |
| Юмори / Xazillar |
| Кухня / Oshxona |
| UMMON |
| Ислам / Islomiy |
| Спорт / Sport |
| Разное / Har xil |
| Sherlar |
| Hikoyalar |
| ТВ передачи / TV ko'rsatuv |
| Заявки на фильмы |
| клубные трек mp3 |
| Радио онлайн |
| 2012 |
| ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ КОНСТИТУЦИЯСИ |
| турецкий сериал |
| казахфильм |
Лента новости
Наш опрос
Статистика
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 Ноябрь 19 » Zebo
20:11 Zebo | |
![]() Toshkent Shaxar Bank kollejini tamomlab
institutga xujjatlarini topwirgan Zebo omadsizlikka
uchrab talaba bo’liwdek baxtdan mustasno bo’ldi.
Biroq bu omadsizlik uning ruxiyatiga zig’ircha xam
ta’sir ko’rsatmadi. Boisi u juda xam qatiyatli va
mawaqqatlarga matonat bilan bardow
bera oladigan darajada irodali qiz edi. Talaba bo’liw
nasib etmagan bo’lsa bu bekor yuriw kerak
degani emasdi. Wu sababli Zebo waxarning bir
qator mexnat dargoxlaridan iw qidira bowladi.
Nixoyat uning omadi kelib yurtimizning e’tiborli
banklaridan biriga kassir bo’lib iwga kirdi. Endi
uning xayotida butunlay yangi saxifa ochilgandi.
U kelajakda baxtli bo’liwni ozru qilardi va albatta
baxtga inson osonlikcha eriwmasligini xam yaxwi
bilardi…
Bolaligidan wo’x wodon, ba’zan aqilli ba’zan esa
nodon xarakter soxibi Abrorga mana ikki yil
bo’libdiki talabalik baxti nasib etmasdi. Bu safar
uning omadi kelib yurtimizdagi obro’-e’tibor
jixatdan o’rtamiyona ta’lim dargoxlaridan biriga
o’qiwga kiriwga muyassar bo’ldi. U tabiatan biroz
o’yinqaroq bo’lsada biroq yuragi toza qalbi pok
yigit edi. O’zi niyat qilganidek talaba bo’lgach
ulkan ozru umidlar bilan bilim oliwga kiriwdi.
O’wanda xuddi Zebo singari uning xam xayotida
butunlay yangi saxifa ochilgandi.
Zebo bank xodimlari bilan tezda chiqiwib o’zining
qobiliyatli ekanligi barchaga nomoyon eta
bowladi. Undan kassa bowliqlari minnatdor
bo’liwardi. Abror esa Ota Onasiga o’qiwining
og’irligi tuwmasligi uchun darsdan so’ng pul topiw
maqsadida Paynetga yarim kunlik mexnat
tartibida iwga kirdi. Endi u o’qiwdan so’ng
Paynetda iwlar, olgan iw xaqqiga esa o’qiwi bilan
bog’liq muammolar, yo’lkira xaqqi va wunga
o’xwaw xarajatlarni qoplay bowlagandi.
Wu tariqa oradan kunlar o’ta bowladi. Kunlarning
birida Abror doimgidek o’qiwdan kelib paynetda
tuwgan tuwumni inkasatciya xodimlariga topwiriw
uchun xozirlik ko’ra bowladi .O’wa kuni uning
o’yinqaroqligi xumor qildi wekilli pul soladigan
qopga inkasatsaciya varaqasi bilan birgalikda o’zining
tel raqamini xam yozib solib yubordi. Albatta bu
biroz kulgili xolat edi chunki bundayin axmoqona
iwga qo’l urganlarni tentak deyiwsa xech kim
qarwi bo’lmasa kerak. Biroq bu tentaklik
oxirichi…?
Abror topwirgan inkasatciya qopi Zebo iwlaydigan
bankga olib borilardi. Bowqa qoplar singari Abror
topwirgan qopning xam pul miqdorini xisoblaw
maqsadida Zebo qopni ochdi. Unda inkasatciya
varaqasi xamda Abrorning tel raqami yozilgan
kichik bir qog’oz parchasiga ko’zi tuwdi. Zebo
raqam yozilgan qog’ozni qo’liga olib mayingina
tabassum qilib qo’ydi. Ertasi kuni xam xuddi
kechagi xolat takrorlandi. Biroq bu safar raqam
bilar birga bir dona so’z yozib
yuborilgandi ,,Kutvomman’’
Negadir o’wa kuni Zebo bowqacha bo’lib
qoldi. Balki qopga solib yuborilgan raqam egasi
kim ekanligiga qiziqqanligi uchundir. Keyingi kun
xam xuddi wu xolat takrorlandi biroq raqam
tagida yana bir jumla: ,,Baxt kere bo’sa tel.qilin’’
Zebo xech narsaga tuwunolmasdi. Go’yoki qopga
pul solayotgan inson qopni kim ochiwini oldindan
bilgandek mardonavor so’zlar yozayotgandek
bo’lib tuyilardi.O’wa kuni kech tuwgach Zebo
xamda uning oila a’zolari otasining do’stinikiga
mexmonga boriwdi. U yerda biroz bolalarcha
wo’xlik qiliw maqsadida xonadon egasining qizi
bilan birgalikda qopdagi sirli raqam egasi kimligini
biliwga qiziqiwdi va o’wa raqamga tel qiliwdi.
Abror sinfdow do’stlari bilan birgalikda
choyxonada ulfatlawib o’tirgan bir pallada uning
telefoniga qo’ng’iroq bo’ldi. Wovqin suronda bemalol
gaplawiwiga ko’zi yetmagan Abror tawqariga
chiqdi.
,,Alo’’
,,Alo Assalomalekum’’
Abror :,,Voalekum assalom kim bu?
,,Tanimadizmi?
Yo’ tanimadim…! O’zizi taniwtirsez tanimande..
Sizga bitta savol bermoqchidim?
Qanaqa savol…?
Siz doim wunaqa tanimgan odamlarizga raqamizi berib yururasmi…? O’wa onda Abror unga kim tel qilayotganligini darxol faxmlab yetdi va muloyim tabbasum bilan javob berdi.
,,Xammagamas faqat baxtga muxtojlaga’’
Zebo: Mani baxtga muxtoj deb kim etdi sizga..?
Abror: Nima siz baxtga muxtojmasmisiz…?
Birozgina sukunatdan so’ng Zebo javob berdi:
Bu dunyodagi xamma inson baxtga muxtojlik sezadi…!
O’wa kuni ular wu tariqa taniwib qoliwdi. Albatta ularning taniwuvi
biroz g’ayrioddiy bo’lib ko’riniwi mumkin biroq xayot ana wunday ga’yrioddiy tasodiflarga to’la ekanligi xech kimga sir emas. Oradan kunlar o’ta bowladi. O’tayotgan xar bir kun va xar laxza
ularni tobora bir birlariga yaqinlawtirib borardi.Bu
orada Abror Zeboga uchrawiwni bir necha bor
taklif qildi biroq xar safar rad jovobini olgach
ko’ngli o’ksib qolardi. Sabab so’ralganda esa xali
fursati yetgani yo’q…! Kunlarning birida tong
saxarlab Abror Zeboga tel qildi biroq uning teli
o’chirilgandi. Tuwlik vaqtiga yaqin Abrorning
telida yana Zeboning raqami terildi biroq bu safar
xam o’wa operatr ovozi: Siz tergan raqam
vaqtinchalik o’chirilgan’’ Nega…? Nima uchun…?
Balki oxirgi kunlarda uchrawaylik deyaverganim
sababli jaxl ustida telini o’chirib qo’ygandir… Wu
singari savollar Abrorni qiynab unga tinchlik
bermasdi.Qiynoqlardan xalos etguvchi qizning teli
esa xali xam o’chiq…!!!
Zebo Abrorni yoqtirib qolganligini tan olgisi
kelmasada yurak aqlga xech qachon
bo’sysunmasligi barchaga oydin. Bu orada
Zeboning uyidagilari uni o’zga bir yigitga
unawtirmoqchi edilar. Yigit xam begona emasdi
otasining qadrdon do’stining yagona farzandi. Wu
sababli ikki oila o’rtasidagi do’stlik riwtalarini
qarindowlik riwtalariga aylantiriwni niyat
qiliwgandi. Zebo avvaliga bunga qarwilik qildi
biroq Otaning amri vojib,rozilikdan bowqa imkon
qolmagandi. Natijada Zebo vaqtinchalik telni
o’chirib qo’yiwka majbur bo’ldi. Agarda telni
o’chirmasa Abrorni zinxor xayotidan
o’chirolmasligini yaxwi bilardi. Oradan kunlar
o’tiwda davom etardi. Bu orada Zebo bo’lg’usi
kuyovga ko’niwkiwga xarchand urinmasin bu iw
uning qo’lidan kelmasdi. Boisi maxzun qalbida
xanuzgacha Abrorga bo’lgan xissiyotlar so’nib
ulgurmagandi. Abror esa muxabbatning
bevafoligidan kuyib yana avvalgidek o’yinqaroqlik
bilan bo’lgan iwlarni unutiwga xarakat qila
bowladi. Ammo baxtga qarwi u xar kuni Zeboni
sog’inib tunlarni bedor o’tkazardi. Kunlarning
birida Zebo bo’lajak kuyov bilan bo’lgan
uchrawuvdan so’ng yuzlari qizarib,qon yig’lab
keldi. Onasi undan nega yig’layotganligi
so’raganda bir so’z aytmay xonasiga kirib ketdi.
Zeboning volidasi xech narsaga tuwunolmay
xayrona qolib ketdi. Keyinchalik ma’lum
bo’liwicha uchrawuv vaqtida bo’lajak kuyov bola
Zeboga zug’um o’tkazib uning yuziga urganmiw.
Bu iwdan Zeboning Otasi xabar topgach g’azab
otiga minib to’yni bekor qildi. To’ydan oldin wu
axvol bo’lsa nikoxdan so’ng ularning oilasidagi
muxit qanday tus oliwini bir o’ylab ko’ring.
Zeboning Otasi jondan aziz qizini bundayin
bag’ritow insonga iwonib topwirolmasdi. Wu boisdan xam u do’sti bilan o’rtadagi riwtalarni uzib yubordi. Bo’lib o’tgan iwlardan so’ng Zebo
qattiq tuwkunlikka tuwib qoldi. Sababi u orzu qilgan baxt bu emasdi. Aksincha o’zga qizlar singari oq libosda fariwta misol o’zga bir xonadon
malikasiga aylaniwni niyat qilgandi. Afsuski uning
to’yi bekor qilindi. Unawtiruvi bekor qilingan
qizning axvolini manimcha barcha inson to’g’ri
tuwunsa kerak.Uning xayoti ostin ustun bo’lib
ketgandi. Xammasini o’z o’rniga keltiriw uchun
birgina tuwuncha talab qilinardi. Vaqt…! Kunlar
o’tgan sayin Abrorning xam xayoti zimistonlik
ummoniga ga’rq bo’lib borardi. U o’zini ado qilib
xijronli kunlarni sog’inchli tunlarga ulab maxzunlik
soyasida yawawda davom etardi. Endi avvalgi
o’yinqaroq Abrordan asar xam qolmagandi. Biroq
bu xol qachongacha davom etiwini xech kim
bilmasdi. Kunlarning birida Abror Paynetda
tuwgan tuwumni inkasatsa xodimlariga topwiriw
uchun xozirlik ko’riw maqsadida inkasatsa qopini
ochdi va bexosdan kichik bir qog’oz parchasiga
ko’zi tuwdi. U o’wa qog’ozni qo’liga olib o’qidi va
birdan ,,Olloxga wukr’’ deya baland ovozda
baqirib yubordi. Paynetga kirgan mijozlar Abrorga
nima bo’layotganligini tuwunolmay xayron boqib
turiwardi. Ularning ba’zilari esa o’wa qog’oz
parchasida nima deb yozilganligiga
qiziqiwardi. Abrorning ko’zlariga quvonch xayotiga
iwonch kabi tuyg’ularni qaytarib bergan o’wa
qog’oz parchasida quyidagi so’zlar yozib
qo’yilgandi:
… .. .. Baxt kere bo’sa tel qilin…! Zebo…
| |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |













